"O'quvchi va talabalar faolligini oshirishda interfaol usullarning o'rni"
NamMQI akademik litseyi "Tillar" kafedrasida "O'quvchi va talabalar faolligini oshirishda interfaol usullarning o'rni" mavzusida seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda akademik litseyning "Tillar" kafedrasi mudiri V.Dadaboyeva, o'qituvchilardan : M.Isoqova, R.Bahromjonova, M.Sulaymonova, A.Umarov, Sh.Mirzaolimov, NamMQI "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi katta o'qituvchilari - G.Rizamuhamedova, D.Shermatova, o'qituvchi F.Akbarovalar, shuningdek, NamDPI akademik litseyi o'qituvchisi R.Obidova va bir qator yosh pedagoglar ishtirok etdilar. Seminarda litseyning tajribali o'qituvchilaridan M.Isoqova bugungi yoshlarga ta'lim va tarbiya berishda eng ilg'or pedogogik texnologiyalarning ahamiyatiga to'xtaldi. Mamlakatimizda yoshlar ta'limiga alohida e'tibor qaratilayotgan bir paytda ularni shu jamiyatga munosib tarbiyalash, bilim berish va kelajakda o'zlari istagan kasb-hunar egasi bo'lishlarida milliy ta'lim-tarbiyaning ahamiyatiga to'xtaldi. Ayniqsa, o'zbek tili va rus tili darslarida ta'lim sifatini oshirish, talabalar erkin-ijodiy faolligini yanada rivojlantirishda "A-4 format", "Qor bo'ron", "Ruchka-mikrofon" va "Tezkor she'r yod olish" usullari M.Isoqova tomonidan mahoratli yondashuv asosida ko'rsatib berildi. Ushbu usullarning ahamiyatli jihatlari ishtirokchilar tomonidan tahlil qilindi.Seminar barchada katta taassurot qoldirdi.