“Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” hamda institut tashkil topganining 45-yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi
Tadbirga viloyat hokimi, institutning sobiq bitiruvchisi Shavkatjon Abdurazzoqov tashrif buyurdi. U oliy oʻquv yurti tomonidan tashkil etilgan koʻrgazma bilan tanishdi, ustozlar bilan muloqotda boʻldi va institut jamoasini bayram bilan qutladi.
Tadbir davomida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipovning institut jamoasiga tabrigi oʻqib berildi.
Shuningdek, Energetika vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi kengashi, viloyat yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi, Fargʻona, Andijon va Namangandagi hamkor oliy taʼlim muassasalari mutasaddilarining tabriklari tinglandi.
Bayram munosabati bilan professor-oʻqituvchilarga faxriy yorliqlar, tashakkurnomalar va esdalik sovgʻalari taqdim etildi.
NamMQI media markazi