Oltin avlod 12 avgust kuni O‘zbekistonga yetib keladi va tantanali kutib olinadi
Parijda o‘tgan 2024 yilgi yozgi Olimpiadada tarixiy natija ko‘rsatib, O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan, yurt bayrog‘ini ko‘klarga ko‘targan mamlakatning oltin avlodi 12 avgust kuni kunning ikkinchi yarmida O‘zbekistonga yetib keladi.
Prezident Shavkat Mirziyoevning topshirig‘iga asosan, chempionlar Toshkent aeroportida (terminal-3) tantanali kutib olinadi.
Olimpiada davomida O‘zbekiston delegasiyasidagi har bir sportchining chiqishlarini vatandoshlarimiz o‘zgacha hayajon va intiqlik bilan kuzatib borishdi. Ularning g‘alabalarini esa juda yuqori kayfiyatda nishonlashdi.
Shunday ekan, chempionlarni munosib kutib olish maqsadida mas'ullar zarur tayyorgarliklarni ko‘rishmoqda. Videoda chempionlarning korteji shahar bo‘ylab harakatlanadigan yo‘nalish ko‘rsatib berilgan.
Rasmdagi doira shaklida belgilangan nuqtalarda esa yurtdoshlarimiz xavfsizlik chora-tadbirlariga qat'iy rioya qilgan holda chempionlarni g‘alabalar bilan qutlashlari mumkin.