"Oliygoh — ikkinchi uyim"
Muhandislik kommunikatsiyalar fakulteti dekan o‘rinbosari Anvarjon Dehqonov va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari tashabbusi ushbu shior ostidagi loyiha tashkillandi.
Fakultet talabalaridan iborat ko‘ngillilar institut birinchi va ikkinchi binolari hamda auditoriyalarida qarovsiz qoldirilgan plastik idishlar, qog‘oz va xazonlarni yig‘ishtirib, institut hududidagi maxsus chiqindi qutilariga tashladi.
Mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad oliy o‘quv yurtida saranjom-sarishtalikni ta'minlash va talabalarni ushbu hatti-harakatlardan o‘rnak olishga chorlash bo‘ldi.
NamMQI media markazi