OITS mavzusida o'tkazilgan uchrashuv.
Koronavirus infeksiyasi 2020 yilning eng xavfli kasalliklari toifasiga kirganligi hech kimga sir emas. Lekin shunday kasalliklar xam borki ular xam millat genofondiga salbiy ta’sir etib kelmoqda. Bu OITSdir.
OITS bu — odam immuniteti tanqisligi sindromidir. Bu odamning kasallanganini bildiradi. Hozirgi vaqtda keng jamoatchilikni tashvishga solayotgan muammolardan biri OITS kasalligidir. OITS — bu orttirilgan immun tanqisligidir.
OITS — bu XX asrning oxirida insoniyat olamida eng muhim va eng dahshatli voqea hisoblanadi. Hozirgi kunda esa XXI ASR VABOSI bo‘lib qoldi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi kunda dunyoning 197 mamlakatida 2018 yil oxirigacha 5,5 million odam OITS bilan xastalangan va ulardan 15,5 millioni vafot etgan. Hozirgi kunda esa 95 million atrofida hisoblanmoqda. O‘zbekistonda ham OITS bilan kasallanganlarning soni ortib bormoqda.
Ma’lumki, hozirgi davrda «Barkamol avlod tarbiyasi» va jamiyat taraqqiyoti o‘sib kelayotgan yosh avlodning sog‘lom va bardam bo‘lishi bilan chambarchas bog‘liq. Buning uchun Mustaqil Respublikamizda davlatimiz tomonidan barcha sharoit qulayliklar yaratilgan. Lekin inson sog‘ligiga putur yetkazuvchi, tashqaridan mamlakatimizga kirib kelayotgan OITS kasalligi eng og‘ir va murakkab muammolardan bo‘lib qolmoqda.
Shu boyis Transport fakultetida Namangan viloyati OITSga qarshi kurashish markazi bilan hamkorlikda talabalar bilan uchrashuvlar tashkillab kelinmoqda. Markazni malakali xodimlari tomonidan kerakli tavsiyalar berib o‘tildi.