NamMQIda “Zamonaviy muhandislik kommunikasiya tizimlari va avtomobil' yo‘llari infrastrukturasidagi dolzarb muammolar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilmoqda
Tadbirni institut rektori Sharifboy Ergashev ochib berdi va anjuman ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisining ilm-fan va innovasiyalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, professor Azizbek Bahodirov 2023 yilda qurilish materiallari ishlab chiqarish dasturlari bo‘yicha ma'ruza qildi.
Konferensiyada xorijiy hamda mahalliy oliy ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari, professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari, tadqiqotchilari, magistrant va iqtidorli talabalari tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari muhokama qilinmoqda.
Ma'lumot uchun, anjumanga respublika oliy ta'lim muassasalaridan jami 250 dan ortiq maqolalar kelib tushdi. Konferensiya o‘z ishini sho‘'balarga bo‘lingan holda davom ettirmoqda.