NamMQIda yoshlar oyligini vazir o‘rinbosari yakunlab berdi!
Namangan muhandislik-qurilish institutining 1-sonli talabalar turar joyida 30 iyun' — «Yoshlar kuni» munosabati bilan institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan «Bilim va tafakkurimiz—shu el uchun, shu yurt uchun» shiori ostida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirining o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Ilhomjon Sattorov, institut rektori Sharifjon Ergashev, professor-o‘qituvchilar va bir guruh talabalar ishtirok etdi.
Taqdirlash marosimi “Yoshlar oqshomi”ga ulanib ketdi.
NamMQI media markazi