NamMQIda suv havzalarida baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan profilaktik davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Tadbirda Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi inspektori, kapitan Boymurod Otaboyev, institut mutasaddilari, tyutorlar va talabar ishtirok etdi.
FVB vakili viloyatda joriy yilning o‘zida suvga cho‘kish bilan bog‘liq 3 ta hodisa ro‘y bergani, Norin daryosida ehtiyotsizlik oqibatida talaba yigit cho‘kib ketgani va hozirgacha qidirilayotgani haqida hikoya qildi.
Tadbir davomida ushbu holatlar va ularning oldini olishga qaratilgan videorolik namoyish etildi.
Talabalar FVB vakiliga mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollar bilan murojaat qildi.
NamMQI media markazi