• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQIda «Qurilishda innovasiyalar, binolar va inshootlarning seysmik xavfsizligi» mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya o‘z ishini boshladi

Anjumanni institut ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektori Muhammadjon Dadamirzayev ochdi va olib bordi. NamMQI rektori Sharibboy Ergashev konferensiya ishtirokchilariga o‘z tabrigini yo‘lladi. Konferensiyada Belarus milliy texnika universiteti dosenti Olga Golubeva, Lomonosov nomidagi Arktika federal universiteti dosenti Mariya Frolova, NamMQI professori Adhamjon Hamidov, Farg‘ona politexnika instituti dosenti Elmurod Yunusaliev va boshqalarning mavzu yuzasidan ma'ruzalari tinglandi. Shundan so‘ng anjuman o‘z ishini  sho‘balarga bo‘lingan holda davom ettirdi. Xalqaro konferensiya 17 dekabr kuni o‘z yakuniga yetadi. 

 

NamMQI media markazi

  • Share :