• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQIda qabul jarayonlarida korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishni institut rektori Sharifjon Ergashev ochdi va olib bordi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan so‘zga chiqqan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi Jobirxon Rizaev hududlarda o‘qishni ko‘chirish va o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilingan poraxo‘rlik va firibgarlik jinoyatlari fosh etilgani, ularning muayyan qismi bevosita OTMlar mas'ul xodimlari ishtirokida sodir etilganligini misollar yordamida keltirib o‘tdi.

Institut yuristi Azamat Ikromov, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Ilhomjon Payziev, prorektorlar Muhammadjon Dadamirzaev va Qahramon Inoyatov, rektor maslahatchilari Anvarjon Nishonboev va Azizbek Abduvaliev, qabul komissiyasi mas'ul kotibi Rustamjon Soliev yig‘ilishda so‘z olib, qabul jarayonlarida hushyor bo‘lish, noqonuniy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, shunday holatlarni payqagan taqdirda zudlik bilan rahbariyat va tegishli bo‘limlarga murojaat etish zarurligini yana bir bor ta'kidlab o‘tdi.  

NamMQI media markazi

  • Share :