NamMQIda “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari boshlandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbirning dastlabkisiga institutning Uychi tumanida joylashgan Qurilish fakulteti mezbonlik qildi.
Unda mazkur bo‘lim boshlig‘i Ilhomjon Payziev, yurist-maslahatchi Azamat Ikramov, hokimlik, mahalla vakillari, fakultet mutasaddilari, ota-onalar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda institutning bugungi kuni, oliy o‘quv yurtida ta'lim jarayonining shafofligini ta'minlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar xususida keng jamoatchilikka hisobot berildi. Yig‘ilganlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, tadbir davomida mehmonlar 7-binoda o‘quv mashg‘ulotlarining borishi, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, axborot-resurs markazi faoliyati, laboratoriya xonalari, talabalar turar-joyida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.