NamMQIda muhandis kadrlar tayyorlashga bagʻishlab oʻtkazilgan Prezident videoselektori tafsilotlariga bagʻishlangan matbuot anjumani tashkil etildi
Unda respublika nashrlari, telekanallari va saytlari hamda mahalliy OAVda faoliyat olib borayotgan 30 ga yaqin jurnalist va bloger ishtirok etdi.
Videoselektorda bevosita ishtirok etgan Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifjon Ergashev jurnalistlarni tadbir tafsilotlari bilan tanishtirdi. Unda belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan institutda olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.
OʻzA viloyatdagi muxbiri Oqilxon Dadaboyev, “Namangan haqiqati” gazetasi boʻlim mudiri Muhiddin Magʻzumov va boshqalar mavzu yuzasidan savollari bilan murojaat etdi.
Viloyat hokimining matbuot kotibi Ilhomjon Rahmatov anjumanga yakun yasar ekan, bu kabi tadbirlar davlat rahbari ishtirokidagi majlislar mohiyatini OAV vaakillari orqali ommaga yetkazishda muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi.
NamMQI media markazi