«Kreativ ta'lim va innovasiyalar—Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi» shiori ostida «Innoweek.uz.2023» xalqaro innovasion g‘oyalar haftaligi boshlandi
Haftalikning tantanali ochilish marosimida institut rektori Sharifjon Ergashev so‘zga chiqdi. Rektor talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilarning innovasion g‘oyalarini yuzaga chiqarishga alohida e'tibor qaratilayotgani, buning ortidan institutda “Innovasion g‘oyalar yetakchisi” nishoniga sazovor bo‘lgan talabalar paydo bo‘lgani, Bionika laboratoriyasi faoliyati boshlanganini ta'kidlab o‘tdi.
Tadbirda institut professorlari Nabijon Boyboboev va Akramjon Umurzaqovning chiqishlari ham tinglandi. Ular bugungi kunda turli loyiha va kashfiyotlarning hayotga tatbiq etish uchun keng eshiklar ochilgani, yaratilgan imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanish xususan talabalar va yosh mutaxassislar uchun ayni muddao ekanligini qayd etib o‘tdi.
NamMQI media markazi