• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQIda “Kafedra kunlari” davom etmoqda

Navbatdagi “Kafedra kunlari” Sanoatni axborotlashtirish fakultetining “Kimyoviy texnologiya” kafedrasida  o‘tkazildi.

Tadbirda institut rahbariyati, fakul'tet dekanlari, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi va “Kimyoviy texnologiya” kafedrasining o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ustoz-shogird yo‘nalishlarida hamda  fan-ta'lim-ishlab chiqarish sohalarining integratsiyasi bo‘yicha amalga oshirayotgan  faoliyati bilan tanishdilar.

Kunning birinchi yarmida kafedra professor-o‘qituvchilarining ochiq darslari o‘tkazildi, ikkinchi yarmida esa kafedra mudiri dos. Z.Mamadjanovning kafedra faoliyati va istiqboldagi vazifalari to‘g‘risidagi hisoboti hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashda ilmiy maktablarning roli (t.f.d., prof. I.Shamshidinov), kafedraning o‘quv adabiyotlari tayyorlashdagi tajribalari (t.f.d. Z.To‘raev), kredit-modul' tizimida talabalarni mustaqil ishlarini tashkil etish (PhD B.Hayitov) mavzularida ma'ruzalari tinglandi.

NamMQI media markazi

  • Share :