NamMQIda kadrlar tayyorlash boʼyicha ilgʼor xorijiy tajriba joriy etiladi
Namangan muhandislik-qurilish instituti hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali rahbariyati ishtirokida bitiruvchi bosqichda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar bilan suhbat oʼtkazildi. Ochiq muloqotda talabalarga Turkiya Inson resurslari ofisi tomonidan davlat oliy taʼlim muassaalarida amalga oshirilayotgan “Qobiliyatlar xaritasi” va “Karyera eshigi” kabi loyihalar boʼyicha tushunchalar berildi. Ilgʼor xorijiy tajribani muassasada joriy etish boʼyicha kelishib olindi.Shundan soʼng talabalar bilan ularning qiziqishlari va kelgusi rejalari boʼyicha suhbatlashildi. Talabalarning bilim darajalarini aniqlash maqsadida agentlikning test.argos.uz platformasida test sinovi ham oʼtkazildi. Maʼlumot uchun, ijobiy koʼrsatkichlarni qayd etgan talabalar kelgusida yoʼnalishlaridan kelib chiqib davlat organlari, xususan, hokimliklarda amaliyot oʼtash uchun tavsiya etilishi rejalashtirilgan.
NamMQI media markazi