• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQIda endilikda Qirg‘izistonlik o‘qtuvchilar ham dars berishadi

NamMQIda 2022-2023 o‘quv yili kuzgi semestrda 13-14 oktyabrь kunlari Qirg‘iz Respublikasining M. Adishev nomidagi O‘sh texnologiya universiteti professorlari dars bera boshlaydi. Ashirbaeva Ayjarkin Jorobekovnaga “Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar”, “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari”, “Qurilishda axborot texnologiyalari” fanlaridan 1-2 bosqich talabalariga 12 soat hajmida va Mamitova Ashirbubu Xudayberdievnaga “Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar”, “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanlaridan 1-bosqich talabalariga 12 soat hajmida ma’ruza, amaliy va tajriba dars mashg‘ulotlarini olib borishlariga ruxsat berildi.

Bu imkonyat yoshlarimizga boshqa davlat professorlaridan ham bilim ko‘nikmalarini olish imkoniyatini beradi. Ularni aynan NamMQI tanlashgani biz uchun yangi yutuqlar poydevorini qurishda yordam berishiga ishonamiz.

NamMQI media markazi

  • Share :