NamMQI yoshlari biznes-marafonda ishtirok etdi
Respublika miqyosida Yoshlar ishlari agentligi, “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi hamda “M-Faktor” hamkorlikda mamlakatimizda yuqori natijalarga erishgan soha mutaxassislarini jalb qilgan holda “Biznes-marafon” loyihasi o‘tkazib kelinmoqda.
Namangan shahrida joylashgan Yoshlar markazida yosh tadbirkorlarga ko‘mak berish, ular faoliyatini yuqori bosqichga olib chiqish maqsadida "Biznes- marafon" loyihasining 5-mavsumi o‘tkazildi. Unda Namangan muhandislik-qurilish instituti talaba-yoshlari ham faol ishtirok etdi.