NamMQI xodimi “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati boʻldi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2024-yilda “Jamgʻarma stipendiati” deb eʼtirof etilgan stipendiatlari, jamgʻarma bitiruvchilari hamda xorijiy vatandoshlar ishtirokida sertifikat topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori Adham Bekmurodov, Oʻzbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo soʻzga chiqib, stipendiatlarni ushbu eʼtirof bilan tabrikladi.
Quvonchli tomoni, jamgʻarma stipendiatlari orasida institut axborot-resurs markazi xodimi, dunyo reytingida 137-oʻrinda turuvchi Liverpul universiteti talabasi Madaminbek Mahmudov ham bor.
U institut xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Islomjon Ergashev bilan birga ushbu tadbirda ishtirok etdi va vazir bilan muloqotda boʻldi.