NamMQI voleybol jadal rivojlanayotgan oliy o‘quv yurti sifatida e'tirof etildi
Ichki ishlar vaziri, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi Po‘lat Bobojonov boshchiligida respublika voleybol federatsiyasi rayosatining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda ichki ishlar idoralari mutasaddilari, OTM rahbarlari va tegishli idoralar vakillari ishtirok etdi.
Qayd etish joizki, yig‘ilishda Namangan muhandislik-qurilish institutida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar namunali baholanib, alohida e'tirof etildi.
Xususan, institut sport majmuasida muntazam ravishda volybol bo‘yicha mahalliy va xorijiy turnirlar o‘tkazib kelinayotgani, institutning “Parvoz” jamoasi O‘zbekiston chempionatida muvaffaqiyatli qatnashib, milliy terma jamoa uchun a'zolar yetkazib berishda faol ekanligi ta'kidlandi.