NamMQI vakillari “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasida faol ishtirok etdi
Namanganda "Yoshlar kuni” hamda Xalqaro olimpiya kuniga bagʻishlangan havaskorlar oʻrtasida “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda 5 ming nafarga yaqin yugurish ixlosmandlari ishtirok etdi. Turli yosh toifalari va nominatsiyalar gʻoliblari hamda sovrindorlariga diplom, medal va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.
“Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi Namangan muhandislik-qurilish instituti talabalari, professor-oʻqituvchilari va tyutorlari ham faol ishtirok etdi.
NamMQI media markazi