NamMQI vakillari Turin politexnika universitetida “INNOWOMENWEEK-2024” ixtirochi xotin-qizlar innovatsion haftaligida ishtirok etmoqda
“Kimyo muhandisligi” kafedrasi dotsenti Gulnoza Qodirova va “Texnologik mashina va jihozlar” kafedrasi dotsenti Dilfuza Norbayeva Turin politexnika universitetida oʻz innovatsion loyihalari va mahsulotlari bilan ishtirok etdi.
Haftalik doirasida Toshkent shahrida 7-8-oktabr kunlari xorijiy mutaxassislar ishtirokida “XXI asr ilm-fani va biznesda ayollar: yutuqlar va muammolar” mavzusidagi xalqaro forum, “Ixtirochi ayollar - 2024” ko‘rgazmasi va Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkaziladi.