NamMQI vakillari tomonidan o‘tkazilgan seminar-treningda vazir va hokim ishtirok etdi
NamMQI Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi G‘ayratjon Sotiboldiyev hamda Bino va inshootlar qurilishi kafedrasi o‘qituvchisi Akmal Egamberdiyev Yangiqo‘rg‘on tuman madaniyat saroyida referendumga tayyorgarlik bo‘yicha seminar-trening o‘tkazdi.
Ushbu seminarda O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev, Yangiqo‘rg‘on tumani xokimi Asadbek Najmiddinov ham ishtirok etdi.
Trening davomida vazir trener hamda referendum o‘tkazishga mas'ul tinglovchilarga o‘z takliflarini bildirdi. Tadbirni yuksak saviyada o‘tkazish bo‘yicha fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.