NamMQI vakillari oliy ta’limdagi tizimli va barqaror o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha treningda ishtirok etmoqda
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida oliy ta’lim tizimidagi tizimli va barqaror o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash hamda «Oliy ta’lim muassasalarida yangi boshqaruv kodeksi asoslari»ni yaratish doirasida ishchi guruh a’zolari uchun trening boshlandi.
Trening Britaniya Kengashi va Buyuk Britaniyaning «Advance HE» tashkiloti ekspertlari ishtirokida o‘tkazilmoqda.
Ushbu treningda institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Qahramon Inoyatov va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Islomjon Ergashev ishtirok etmoqda.