NamMQI vakillari Mustaqillikning 33 yillik bayrami arafasida professor Toshturg‘un Ergashev xonadonida bo‘ldi
Institut kasaba uyushma raisi Ahmadjon Haydarov va Mashinasozlik fakul'teti dekani Rahmatali Rustamov professorni jamoa nomidan bayram bilan tabriklab, «Nuroniy» jamg‘armasi tomonidan berilgan 1-darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonini topshirdi.
Toshturg‘un Ergashev institut vakillariga minnatdorlik bildirib, jamoaga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.