NamMQI vakillari «KAMAZ kunlari» tadbirlarida ishtirok etmoqda
Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi «KAMAZ» OAJ kompaniyasi bilan hamkorlikda «KAMAZ kunlari» tadbirlarini tashkil etdi.
Tadbirlarda oliy va professional ta'lim muassasalari bitiruvchilari «KAMAZ» kompaniyasida mavjud imkoniyatlar bilan tanishtirilib, ishlash istagini bildirganlarga kompaniya bilan shartnoma rasmiylashtirishi uchun imkoniyat yaratib beriladi.
Ushbu tadbirlarda NamMQI vakillari ham faol ishtirok etmoqda.
Ma'lumot o‘rnida, bugungi kunda kompaniyada mashinasozlik sohasidagi avtomobillarni ishlab chiqarish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan kasb egalariga talab yuqori.