NamMQI vakillari Jahon banki delegatsiyasi a'zolari uchun taqdimot o‘tkazdi
Institut “Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi o‘qituvchilari M.Boydedaev, U.Mamirov va “Yo‘l muhandisligi” kafedrasi o‘qituvchisi M.Ergashev Jahon bankining Muhammad Nada boshchiligidagi delegatsiyasi a'zolariga Namangan shahri yo‘l-transport infratuzilmasini yanada yaxshilash loyihasini amalga oshirish bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.
Taqdimotda Jahon banki vakillari, viloyat hokimining o‘rinbosari Saidahmad Sultonov, Namangan shahar hokimi G‘ofurjon Jamolov va mas'ul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Shuningdek, uchrashuvda Namangan shahri yo‘l-transport tizimidagi muammolar va takliflar bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.