NamMQI vakillari innovator yoshlar uchrashuvida ishtirok etdi
Namangan muhandislik-texnologiya institutida ta’lim va ilm-fan sohasidagi yangi istiqbollarni muhokama qilish maqsadida rahbar, professor-o‘qituvchilar va innovator yoshlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda viloyat oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Abdulahad G‘affarov, Namangan muhandislik-qurilish institutidan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Muhammadjon Dadamirzayev, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Diyorbek Akbaraliyev, professor-o‘qituvchilar va innovator yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari vakillari ilmiy izlanishlar, innovatsiyalar va ta’lim sifatini oshirish borasida fikr almashdi.
Muloqotda ishtirok etgan institutimiz professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘z tajribalari bilan bo‘lishib, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ilmiy loyihalar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflarini bildirdi.