NamMQI vakillari davlat madhiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan viloyat tadbirida ishtirok etdi
Davlatobod tumanidagi viloyat madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni viloyat hokimining o‘rinbosari Botir Nuriddinov ochib berdi. U yig‘ilganlarni madhiya qabul qilinganining 30 yilligi bilan munosabati bilan qutladi.
Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston davlat madhiyasi yangradi va jonli ijro etildi. Ixtisoslashtirilgan san'at maktabi xonandalari esa Vatanni madh etuvchi qo‘shiqlarini taqdim etdi.
Viloyat bayram tadbirida NamMQI prorektori Odiljon Jakbarov boshchiligida institut professor-o‘qituvchilari, t'yutorlar va talabalar ishtirok etdi.
NamMQI media markazi