NamMQI vakili Toshkentdagi respublika seminarida ishtirok etmoqda
Toshkent davlat agrar universitetida “Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish: tajribalar va istiqbol rejalar” mavzusidagi respublika o‘quv seminari boshlandi.
Ushbu seminarda institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Dadajon Dadaboyev ham ishtirok etmoqda.
Seminarning asosiy maqsadi oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, bu yo‘nalishdagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va kelgusidagi vazifalarni belgilashdir.
Tadbir davomida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha tajriba almashish, yoshlar o‘rtasida ma’naviy qadriyatlarni yanada mustahkamlash, ularni zamonaviy dunyoqarash va bilimlar bilan boyitish masalalari muhokama qilinmoqda.
Seminar yakunida ishtirokchilar oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha umumiy konsepsiyani ishlab chiqish, uni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha kelishuvlarga erishishni rejalashtirgan.