NamMQI vakili Sirdaryoda o‘tkazilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etmoqda
Guliston davlat universitetida «Sirdaryo viloyatini innovasion hududga aylantirish: muammo, yechim va xalqaro tajriba» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilmoqda.
Ushbu tadbirga mamlakatimiz va xorijdagi yetakchi olimlar, tadqiqotchilar, vazirlik va tashkilotlarning mas'ul xodimlari taklif etilgan.
Mazkur anjumanda Muhandislik kommunikasiyalari fakulteti dekan o‘rinbosari Nosirjon To‘rayev ham ishtirok etmoqda.