NamMQI vakili Samarqanddagi “ICTWEEK Uzbekistan–2022” AKT haftaligida ishtirok etmoqda
Samarqandda “ICTWEEK Uzbekistan–2022” AKT haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. Haftalikning eng muhim jarayonlardan biri “ICTExpo” ko‘rgazmasidir. Unda Nokia, Huawei, ZTE, Yandex va Meta kabi yirik xalqaro va mahalliy kompaniyalar o‘z texnologik yechimlarini namoyish etishmoqda.
2004 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan ushbu haftalikda ilk marotaba 22 ta tadbir tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu tadbirga Sanoatni axborotlashtirish fakulteti qoshidagi InTechNamMQI unitar korxonasi rahbari Ahror Ismoilov rezident sifatida taklif etilgan.