NamMQI vakili Britaniyadagi xalqaro festivalda ishtirok etmoqda
Buyuk Britaniyaning oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan Change Academy dasturi doirasida «Bilimlarni baholash sifatini oshirish» nomli loyiha bilan ishtirok etgan NamMQI jamoasi «Eng faol jamoa» hamda «Eng yaxshi loyiha» g‘olibi sifatida e'tirof etilgandi.
Jamoa joriy yil 4-6 iyul kunlari Angliyaning Keele universitetida tashkil etilayotgan «The Advance HE Teaching and Learning» nomli festivalda ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.
Hozirda institut xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Islomjon Ergashev ushbu festivalda qatnashmoqda va hamkasblar bilan tajriba almashmoqda.