NamMQI va Janubiy Koreyaning Kyungvon universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston—Koreya oliy ta'lim muassasalari rektorlari forumi doirasida Namangan muhandislik-qurilish instituti va Janubiy Koreyaning Kyungvon universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Hujjatni NamMQI rektori Sharifjon Ergashev va Kyungvon universiteti prezidenti Kim Dong Je imzoladi.
1997 yilda tashkil etilgan Kyungvon universiteti xususiy oliy ta'lim muassasasi bo‘lib, Gumi shahrida joylashgan. Koreya Ta'lim vazirligi tomonidan rasman tan olingan. Arxitektura, ijtimoiy himoya, aviasiya, axborot texnologiyalari, sun'iy intelekt, raqamli elektronika, kompyuter muhandisligi, muhandislik, sport, turizm kabi fakultetlari va bir necha ilmiy-tadqiqot institutlari mavjud.
Mazkur shartnoma ilg‘or tajribalar, akademik va ilmiy xodimlar hamda talabalar almashinuvi, xalqaro ilmiy loyihalarda birgalikda ishtirok etish, ilmiy ma'lumotlar, nashrlar, didaktik materiallar almashinuvini ko‘zda tutadi.