NamMQI va 2-kasb-hunar maktabi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi
Namangan muhandislik-qurilish instituti mutasaddilari Namangan shahridagi 2-kasb-hunar maktabida bo‘lib, bu yerdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
1999 yilda Namangan sanoat kolleji sifatida faoliyat boshlagan mazkur ta'lim maskani 2020 yili kasb-hunar maktabi tariqasida qayta tashkil etildi.
Hozir bu yerda kompyuter tizimlari, avtomobilsozlik, payvandlash, tokarlik, energetika kabi o‘ndan ortiq yo‘nalishda yoshlarga hunar o‘rgatib kelinmoqda.
NamMQI prorektori Odiljon Jakbarov va kasb-hunar maktabi direktori Shahnoza Mamajanova ta'lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasini imzolandi.
Ushbu shartnoma institut tomonidan uslubiy ishlar, darsliklar, o‘quv rejalarida ko‘maklashish, pedagoglar malakasini oshirish, professor-o‘qituvchilarning mahorat darslari, o‘quvchilarning institut laboratoriyalari va axborot-resurs markazlari imkoniyatlaridan foydalanishi kabi ko‘plab yo‘nalishlarni o‘z ichiga qamrab oladi.
NamMQI media markazi