NamMQI Transport fakul'tetida “Kafedra kuni” o‘tkazildi
NamMQI Transport fakul'teti Transport vositalari muhandisligi kafedrasida navbatdagi “Kafedra kuni” o‘tkazildi. Unda institut rektori Sharifboy Ergashev, prorektorlar, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Transport vositalari muhandisligi kafedrasi mudiri Murodbek Boydadaev yig‘ilganlarni kafedra faoliyati, moddiy-texnik baza, talabalar bilan birgalikda tayyorlangan turli jihozlar, PVX quvuridan tayyorlangan elektromobil' modeli, chorrahalarni boshkarishning innovasion takliflari bilan tanishtirdi.
Shundan so‘ng navbat muhokama va savol-javoblarga berildi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari transport vositalari muhandisligining kecha, bugun va ertasi, iqtidorli talabalar bilan ishlash, yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan o‘zgarishlar bilan bog‘liq taqdimotlarni namoyish etdi.
NamMQI media markazi