NamMQI talabasining loyihasi UNICEF tomonidan qo‘llab-quvvatlandi
Qo‘qon universitetida «ImkonLab» ijtimoiy tadbirkorlik laboratoriyasi loyihalari taqdimotining final bosqichi o‘tkazildi. Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va UNICEF xalqaro bolalar tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda 11 ta jamoa o‘z loyihalari bilan ishtirok etdi.
Loyihalar UNICEF yoshlar va innovatsiyalar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi Xeri Xyun xonim, hokimliklar vakillari hakamligida baholab borildi. Ijtimoiy ahamiyatli va dolzarb deb baholangan loyihalar boshlang‘ich moliyalashtirish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
UNICEF grantini qo‘lga kiritgan yoshlar safida NamMQI Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti 3-bosqich talabasi Muhammadro‘zi Sharopov ham bor. Tabriklaymiz!