NamMQI talabasi «Uchinchi renessans – yoshlar nigohida» tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari safidan o‘rin oldi
«Uchinchi renessans – yoshlar nigohida» tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, ushbu tanlovda «Yoshlarni ilm-fan va innovasiyalarga qiziqtirishning noan'anaviy usullari nominasiyasi» bo‘yicha Namangan muhandislik-qurilish instituti Sanoatni axborotlashtirish fakulteti 4-bosqich talabasi Murodjon Kamoliddinov 2-o‘rinni egalladi.
Murodjon tanlov diplomi va 20 000 000 so‘m miqdoridagi pul mukofotiga ega bo‘ldi.
Tabriklaymiz!