NamMQI talabasi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun Xitoyga jo‘nab ketdi
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida mamlakatimiz sportchilarini Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlariga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Bosh vazir Abdulla Aripov ishtirok etdi.
Ushbu musobaqalarda o‘zbekistonlik 350 nafardan ortiq sportchi 32 ta olimpiya va 6 ta noolimpiya sport turidan qatnashadi.
Quvonchli tomoni shundaki, Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadiganlar orasida Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti 4-bosqich talabasi, o‘q otish sport turi ustasi Muhammadjon Kamalov ham bor.
Biz talabamizga musobqalarda omad va Parij-2024 Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishini tilab qolamiz!