NamMQI talabasi Osiyo chempionati bronza medali sohibi bo'ldi!
Koreyada o‘tayotgan o‘q otish sporti bo‘yicha Osiyo chempionatining navbatdagi bahslari ham O‘zbekiston terma jamoasi uchun sermahsul o‘tdi. Bugun hamyurtlarimiz ikki yo‘nalishda shohsupaga ko‘tarilishdi.
10 metrga to‘pponchadan otish dasturi jamoamizning eng kuchli yo‘nalishiga aylanib bormoqda. Kecha Veniamin Nikitin U18 toifasida kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, bugun NamMQI Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talabasi Muhammad Kamalov U20 toifasida bronza medali bilan taqdirlandi.
1-o'rin Samrat Rana (Hindiston) ??
2-o'rin Sagar Dangi (Hindiston) ??
3-o'rin Muhammad Kamalov (O‘zbekiston) ??
Shuningdek, Veniamin Nikitin, Sodiqjon Abdullayev hamda Muhammadyusuf Haydarovdan iborat trio o‘smirlar o‘rtasidagi jamoaviy dasturda bronza medali sohibiga aylanishdi.