NamMQI talabalarining KAMAZ zavodidagi amaliyot jarayonlari qizg‘in davom etmoqda
Talabalar Tataristondagi zavodning eng yirik avtoyig‘ish kompleksida bo‘lib, mexanik ishlov berish, payvandlash va avtomobillarni yurish qismining butlovchi qismlarini tayyorlash sexlari bilan tanishdi.
Ularga ushbu sexlarda amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar haqida batafsil ma'lumot berildi.
Zavodning mazkur kompleksida maxsus avtomobillar yig‘ish bo‘limi ham joylashgan bo‘lib, talabalarga ushbu bo‘limda maxsus avtomobillar uchun shassilar yig‘ish jarayonini ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, talabalar KAMAZda faoliyat olib borayotgan hamyurtlarimiz bilan tanishib, zavodda ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar haqidagi savollariga atroflicha javoblar olishdi.
NamMQI talabalarining Tataristondagi zavoddda amaliyot jarayonlari davom etmoqda.