NamMQI talabalari uchun yangi turar-joy qurilishi muhokamasi o‘tkazildi
Namangan muhandislik-qurilish institutining Islom Karimov ko‘chasidagi talabalar turar-joyi hududida 12 qavatli, umumiy loyiha qiymati 86 mlrd 300 mln so‘m bo‘lgan yangi turar-joy binosi qad rostlash arafasida.
Bugun Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzakov NamMQI rektori va mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birgalikda ushbu turar-joy binosining loyihasini ko‘rib chiqdi.
“Nifrit Impeks” MChJ tomonidan tayyorlangan ushbu loyiha asosida 1000 o‘rinli turar-joy barpo etiladi. Qurilish ishlari esa 2023 yilning 3-choragida yakunlanib, talabalar uchun foydalanishga topshiriladi.