NamMQI talabalari To‘raqo‘rg‘ondagi oilaviy Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan xabar oldi
To‘raqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi Uralovlar oilasi o‘z xonadonida Mehribonlik uyi tashkil etib, 5 nafar bolani asrab olishgan.
Namangan muhandislik-qurilish institutining bir guruh yoshlari O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat kengashi faollari bilan birgalikda «Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!» shiori ostidagi xayriya tadbirida ishtirok etdi.
Tadbir davomida bolalarga bayram kayfiyati ulashish bilan bir qatorda esdalik sovg‘alari ham topshirildi.