NamMQI talabalari Surxondaryodagi seysmik-qidiruv partiyada amaliyot o‘tamoqda
NamMQI Foydali qazilmalar va qayta ishlash texnologiyalari kafedrasi “Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi” yo‘nalishi 2-kurs talabalari o‘quv yili yakuni bo‘yicha malakaviy amaliyotini o‘tash uchun «Farg‘ona geofizika ekspedisiyasi» filialining bir qator partiyalariga jo‘nab ketishdi.
Jami 24 nafar talabadan bir qismi Surxondaryoning «Koshtar», yana bir qismi Xorazmdagi «Yangi ariq», qolganlari Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi «Toldiq» seysmik-qidiruv partiyalarida malakaviy amaliyot olib borishi ko‘zda tutilgan.
Jumladan, 4 nafar talaba «Koshtar» seysmik-qidiruv partiyasiga yetib borib, malakaviy amaliyotni boshladi.