NamMQI talabalari nogironligi boʼlgan bolalarni yoʼqladi
Namangan Muhandislik-qurilish instituti Sanoatni axborotlashtirish fakulteti talabalari va koʼngilli yoshlardan iborat volontyorlar jamoasi tyutor Saʼdulla Xoʼjaev boshchiligida Namangan shahar psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan turdagi bolalar uyida boʼlishdi.
3 dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tashkillangan tadbirda talabalar bolalarga sovgʼa-salomlar ulashdi, ularga eng yaxshi tilaklarini bildirdi.
Shuningdek, ushbu muassasada nogironligi boʼlgan bolalar uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar bilan batafsil tanishildi.
NamMQI media markazi