• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI talabalari moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha kurslar sertifikatiga ega bo‘ldi

NamMQI talabalari moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha kurslar sertifikatiga ega bo‘ldi

NamMQI Iqtisodiyot kafedrasida Auditorlar palatasi Farg‘ona viloyati bo‘limi huzuridagi Auditorlar malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta'lim tashkiloti bilan hamkorlikda talabalarni  "Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari" (MHXS) bo‘yicha  o‘quv kurslari tashkil etilgandi.

Birinchi bosqichda sinovdan o‘tgan 35 nafar talabadan 27 nafari kuni-kecha buni tasdiqlovchi sertifikat bilan taqdirlandi.

Endilikda sertifikat olgan talabalar MHXSni keyingi kurslarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Talabalar mazkur kurslar yordamida buxgalteriya hisobini yuritishning xalqaro standartlari bo‘yicha  bilimlarini oshirib, buxgalterlik mutaxassisligini chuqurroq egallab bormoqda.

NamMQI media markazi

  • Share :