NamMQI talabalar turar-joyida Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami arafasida go‘zallik saloni ishga tushdi
Ushbu go‘zallik salonida Mashinasozlik fakul'tetining 2-bosqich talabalari Oynur Rustamalieva va Rayhona Saidova mehnat qilmoqda.
Ularning sa'y-harakatlari bilan turar-joydagi qarovsiz xona go‘zal koshonaga aylandi. Qolaversa, talaba qizlarning bandligi ta'minlandi.
Institut rektori Sharifboy Ergashev mutasaddilar, xotin-qizlar kengashi raisalari hamrohligida go‘zallik salonining ochilish marosimida ishtirok etdi. Talaba-qizlarni qutlab, ularning kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
NamMQI media markazi