NamMQI talabalar turar-joyida “Giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta'sir etuvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish” oyligi doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi
Tadbirni institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov ochib berdi va ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan amaliy choralarga to‘xtalib o‘tdi.
O‘zbekistan Respublikasi IIV Tezkor-qidiruv departamenti boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Ahmadjon Matlyubov boshchiligidagi ishchi guruh a'zolari so‘zga chiqib, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalarga ruju qo‘yishning oldini olish, ularning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida ta'kidlab o‘tishdi.
Talabalar ushbu tadbir mohiyatini ochib beruvchi ko‘rgazmali qurollar yordamida jamiyat uchun o‘ta xatarli bo‘lgan illatga munosabatlarini bildirdi.
NamMQI media markazi