NamMQI talabalar jamoasi “Konstitusiya bilimdonlari” tanlovida ishtirok etdi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Namangan viloyat Kengashi tomonidan viloyatdagi oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida «Konstitusiya bilimdonlari» tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda talabalarning Asosiy Qonunimiz, uning mazmun-mohiyati hamda konstitusiyaviy islohotlar borasidagi bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Bellashuvda Namangan muhandislik-qurilish instituti jamoasi ham munosib ishtirok etdi va Konstitusiya borasidagi bilimlarini namoyish etdi.
Tanlov g‘oliblari «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Namangan viloyat Kengashining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
NamMQI media markazi