NamMQI sport majmuasida “Talabalar ligasi” voleybol boʻyicha oʻgʻil bolalar oʻrtasida final bosqichi oʻyinlari boshlandi
Final oʻyinlaridan avval musobaqaning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda soʻzga chiqqan viloyat sport boshqarmasi boshligʻi Anvarjon Toʻychiyev, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi boʻlim boshligʻi Alisher Islamov, viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosari Oybek Xoʻjaqulov ishtirokchilarga muvaffaqiyat tilab, oʻyinlarga start berdi.
Jamoalar qurʼa natijalariga binoan guruhlarga boʻlinib, bellashuvlarni boshlab yubordi.