NamMQI rektori xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirok etdi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filialida “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish: xalqaro tajribalar, muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Tadbir iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir masalalar yuzasidan ilmiy muammolar va ularning yechimlarini aniqlash maqsadida tashkil etildi.
Unda universitetning xalqaro hamkorlari, viloyat va Namangan shahri hokimliklari, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, xalqaro va mahalliy oliy o‘quv yurtlari, manfaatdor vazirlik va idoralar, jamoatchilik tashkilotlari va O‘zbekistondagi xorijiy mamlakatlar diplomatik missiyalari vakillari ishtirok etdi.
Anjuman ishida Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifjon Ergashev ham qatnashdi.
NamMQI media markazi